79 yashar otaxon avval kaltaklandi, so‘ng uzugidan mahrum bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi yashovchi 79 yoshli otaxon o‘z uyida do‘pposlandi. Kamiga noma’lum shaxs uning 1 million so‘mlik tilla uzugini ham talon-taroj qildi. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 18 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni soat 15:00 larda noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Toshkent shahar Yunusobod tumani 7-mavze 14-uy 21-xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon egasi 79 yoshli T.M.ni hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, T.M.ning chap qo‘l nomsiz barmog‘ida bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik tilla uzugini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Birlamchi tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, keksa otaxongaga “burun sohasi tepa yumshoq to‘qimalari lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 34 yoshli I.Q. sodir qilganligi aniqlanib, joriy yilning 25 noyabr kuni protsessual tartibda ushlanib, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan, hamda holat bo‘yicha so‘roq qilingan.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

Teglar

talon-taroj uzug

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing