Talabasi fojiali halok bo‘lgan universitet prorektori hibsga olindi
Olam
−
07 fevral 2019
9443Avvalroq Peterburgda kimyo-farmatsevtika universiteti binosi ustidan muz bo‘lagi qulab tushishi oqibatida 23 yoshli o‘zbekistonlik talaba halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Sankt-Peterburgda Tergov qo‘mitasi xodimlari Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti prorektorini hibsga olishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Tadbir bino tomidagi muz bo‘lagi qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba ishi yuzasidan o‘tkazilgan.
Xabarda qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bino tomini qor va muz bo‘laklaridan tozalash ishlari bilan “Ventformat” kompaniyasi shug‘ullanganini aniqlagan. Tashkilot xodimlari o‘z vazifalari vijdonan bajarmagan, oliygoh prorektori esa ish jarayonini nazorat qilmagan.
Bundan tashqari, oliygoh prorektori kompaniya xodimlaridan tozalash ishlarini amalga oshirishlari uchun 50 ming rubldan kam bo‘lmagan miqdorda pora olib, shartnoma tuzganligi aniqlangan.
Prorektorga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 293-moddasi 2-qismi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 290-moddasi 3-qismi (poraxo‘rlik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi hal qilinmoqda.
LiveBarchasi