Talabalarning qishki ta’tili muddati o‘zgarishi kutilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi dekabr oyida mamlakatda katta siyosiy tadbir – parlament saylovi o‘tkazilishi munosabati bilan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi talabalarning qishki ta’tili muddati o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Joriy yilning 22 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan talabalar o‘zi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun 2019-2020 o‘quv yili qishki ta’til davri 2019 yil 20 dekabrdan 2020 yil 6 yanvargacha deb belgilanishi kutilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, odatda talabalarning qishki ta’tili 28 dekabrdan 11 yanvargacha etib belgilanardi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov ta'til

Baholaganlar

224

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing