Talabalarga stipendiya to‘lashning yangi tartibi belgilandi

Jamiyat

image

“Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (59-son, 31.01.2020 y) qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 fevraldan:

davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontarkt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar qat’iy belgilangan stipendiya bilan ta’minlanadi (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno);

semestr yakuni bo‘yicha fanlardan faqat a’loga o‘zlashtirgan (86 ball va undan yuqori) talabalarning stipendiyalari bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshiriladi;

semestr yakuni bo‘yicha fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi qoniqarli bo‘lgan (reyting ko‘rsatkichi – 71 balldan kam) davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga keyingi semestrda stipendiya to‘lanmaydi  (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno).

 


Maqola muallifi

Teglar

stipendiya

Baholaganlar

222

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing