Talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan platforma ishlab chiqish taklif qilindi

Jamiyat

image

Talabalarning masofaviy darslarda foydalanishlari uchun internet tarmog‘ida internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platformani yaratish taklif qilindi. Shu mazmundagi petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirildi.

Murojaat muallifi hozirgi pandemiya sharoitida oliy ta’lim tizimi masofaviy tarzda amalga oshirilayotganini eslatib, internet tezligi pastligi hamda internet trafiklarining qimmatligi talabalar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilarga moddiy qiyinchiliklarni tug‘dirayotganini ta’kidlagan.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan talabalar uchun internet tarmog‘ida trafik sarflanmaydigan maxsus platforma tashkil etilishi kerak. Maxsus platformaning yaratilishi talabalarga qulayliklarni yaratib, masofaviy darslarda uzluksiz ishtirok etish imkoniyatini bergan bo‘lar edi”, deydi petitsiya muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, talabalarning masofaviy darslarda foydalanishlari uchun internet tarmog‘ida internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platformani yaratish taklif qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

talaba ta'lim Mening fikrim

Baholaganlar

40

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing