Talabalar uchun arzonlashtirilgan internet trafiklari ajratiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 avgust kuni  yig‘ilishda tegishli mutasaddilarga chekka hududlarni ham tezroq internet bilan ta’minlash va talabalar uchun arzonlashtirilgan internet trafiklari ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezidentga bu taklifni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva bildirgan, deya xabar bermoqda O‘zA.

“Talabalar bilan doimiy muloqotdamiz, yangi o‘quv yilini boshlashda nimalarga e’tibor berish haqida takliflar olyapmiz. Pandemiya sabab o‘tgan yili ikkinchi semestrni onlayn tarzda tashkil qildik, himoyalarni o‘tkazdik. Lekin shundan so‘ng ko‘pchilik talabalarda o‘ziga xos takliflar va talablar yuzaga keldi. Agar yangi o‘quv yilini biz onlayn boshlaydigan bo‘lsak, chekka qishloqlarni ham internet bilan ta’minlash masalasini hamda talabalar uchun muhim bo‘lgan arzonlashtirilgan internet trafiklarni ajratish borasida murojaat qildim va Prezidentimiz tegishli mutasaddilarga bu bo‘yicha topshiriq berdilar. O‘ylaymanki, bu hammamiz uchun juda ham qulay sharoitni vujudga keltiradi”, dedi Gulchehra Rixsiyeva.

Avvalroq, Respublika Oliy ta’lim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqov yangi o‘quv yili onlayn tarzda boshlanishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM o'quv yili

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing