Talaba eshik taqillatib, joy qidirib yurishi kerek emas – Musayev yotoqxona muammosi qanday yechilishini aytdi

Jamiyat

image

Kuni kecha Toshkentning Yunusobod tumanida 5 nafar talabaning noma’lum moddadan zaharlanib, vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur fojidan so‘ng, Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlardan biri oliy ta’lim muassasalari prorektorlarining lavozim vazifalarini qayta ko‘rib chiqib, ularning talabalar turar joyi va ijarada yashaydigan talabalar bilan ishlash tizimini yaratish bo‘ldi.

Ammo bu qaror ba’zi savollarni ham keltirib chiqarmay qolmadi. Xususan, endilikda OTM o‘qituvchilari talabalarning o‘qishi bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar bilan band bo‘lib qolmaydimi? Bunday holat talabalarga ham ma’qul kelmasligi turgan gap.

Bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev bugun, 2 mart kuni Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida shu masala yuzasidan fikrlarini bildirib, rejalar haqida ma’lumot berdi.

“Juda to‘g‘ri masala ko‘tarildi, ertaga hamma o‘qituvchilar yoppasiga borib shu talabalar uyining initilizatsiyasi bilan shug‘ullanishni boshlamaydimi? Yo‘q! 

Birinchi navbatda bitta OTMda 20 ming talaba bo‘ladigan bo‘lsa, bu bilan shug‘ullanish ikkitagina shu ma’naviyat-ma’rifat bilan ishlaydigan yoki yoshlar yetakchisi bo‘lgan xodimga yuklab qo‘yiladi. Tabiiyki bu ishni amalga oshira olmaydi. Endi uni kengaytirish, albatta, buni shtatini ko‘paytirish masalasidan boshlaymiz. Bu masalaga tizimli yondashdik. Bu bir martalik ish bo‘lmaydi. Buni tizimli ishga aylantiramiz.

Ikkinchisi, talabalarni propiskasi degan muammo bor. Propiskasida aniq hozirgi turgan manzili emas, o‘sha talabalar uyi deb ko‘rsatiladi. Tabiiyki OTMda talabani qayerda turishi, kim bilan istiqomat qilishi haqidagi ma’lumot ochiq emas. Bu bilan shug‘ullanishimiz kerak. Nimaga maktab o‘quvchilari orasida tarbiyasi ham ta’limi sifati ham baravar, chunki ota-onasining qaramog‘ida. Ota-onasi bo‘lmasa yaqin qarindosh urug‘ining oldida.

Endi OTMga kirgandan keyin bir boshqa joyga o‘qishga kirishi mumkin, balog‘atga yetgan! Lekin uni uy joyi hammasi nazoratdami? Uchastka profilaktika inspektori tomonidan nazoratga olinganmi, o‘zi umuman turar joyi hozirgi kunda sanitariya normalariga, yong‘in xavfsizligiga javob beradigan joymi yo‘qmi?

Yana bir muammoga to‘g‘ri keldik, talaba ijtimoiy toifadagi kontingentda. Bu ijaraga beradigan odam ham unaqa katta bir hovlisini bermaydi. Shunday ekan uni uyiga borib ikkita malumotini so‘raydigan bo‘lsa “Eee san hozir mani ma’lumotimni soliqqa berasan, man deklaratsiya qilishim kerak” deydi. Uning talabadan oladigan mablag‘i katta bo‘lmasa. Biz juda ko‘p muammolarga taqaldikki o‘zi umuman bu kontingentni yoki shu ijtimoiy muhofazadagi  shaxslarga o‘z uy-joyini vaqtincha ijaraga bergan odamlar solig‘ini to‘lashi kerakmi yo‘qmi? Shunchalik unga berganiga rahmat!

Juda ko‘p OTM rahbarlari aytdiki: “Bizga ruhsat beringlar, kerak bo‘lsa biz o‘sha ko‘rpa to‘shagi, mebeli yoki biror bir talabaning yashashi uchun, dars tayorlashi uchun kerakli bo‘lgan jihozlarni olib beraylik. Rozimiz. Lekin pulni ishlatishga bizni huquqimiz yo‘q”. Chunki u ertaga bu pulni OTM uchun ishlatgani yo‘q-da. Talabani biror bir joyda yashab turishi uchun ishlatilayotgan mablag‘”, deydi Musayev.

Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘ra, bu masala bir kunlik ish emas, juda og‘ir ish, chunki o‘qiyotgan hozirgi kundagi kunduzgi talabalarning soni oxirgi 4 yil ichida ikki baravar ko‘payib ketgan. Endi ularni uy joyi bilan shug‘ullanishda alohida Prezidentdan topshiriq tushgan. Talabalar yotoqxonasini ko‘paytirish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinadi. 

“Uni hozir aniq ro‘yxati ustida ishlayapmiz. Viloyatlar kesimida, OTMlar kesimida hamda qaysi joyda ularni joylashtirish bo‘yicha. Undan keyin uni moliyaviy manbalari. Bu bo‘yicha ham topshiriq berilgan. Talabalarning yotoqxonasi bu ijtimoiy proyekt, mehmonxona emas, dam olib o‘tiradigan. Shunday ekan uni malum bir qismi shunga pul tikmoqchi bo‘lgan OTM bo‘ladimi yoki tadbirkor bo‘ladimi unga davlat tomonidan subsidiya berish masalasi ko‘rilyapti”, deydi Behzod Musayev.

U masalaning yana bir jihatiga to‘xtalib,OTMda talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilishini ta’kidladi. Buning uchun ta’lim muassasasida alohida bo‘lim tashkil qilinadi.

Uchinchidan, mana hozir Yoshlar agentligini ham bunga jalb qilmoqchimiz, chet elda rivojlangan hostel tizimlari bor, u yerni o‘zida talabalar dam olishi uchun For Working tizimi va boshqa markazlar joylashgan. U yo‘nalish va davlat xususiy sherikchilik, shu bilan bog‘langan holatda ham qamrov uchun bizga yetarli raqamlar chiqishiga endi ma’lum bir xonadonlarga ham muhtojlik bor.

Bunday holatlar ham bor, endi OTMda umuman yangi tizim yaratamizki, bu OTMda birinchi ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Talaba boshqa shaharga o‘qishga borgandan keyin u o‘zga eshikni taqillatib joy qidirib yurishi kerek emas. Bu bilan OTM qoshidagi maxsus bo‘lim shug‘ullanadi. Bu maxsus bo‘limni ochishga ham moliyaviy manbasiga ruxsat beramiz. Ertaga talaba tanlashi uchun ko‘rishi uchun rasmdan his qilishi uchun uni alohida dasturiy mahsulini ham yaratadigan bo‘ldik. Men aytmoqchi bo‘lganim bu kompleks masala. Bir yoqli yoki ikkinchi tomonlama emas. Albatta bugun talabalar yashash sharoiti nomaqbul bo‘lgan joydagilarni birinchi navbatda ajratib olib ularni OTM rahbarining shaxsan o‘zi nazoratga olgan holatda maqbul joyga ko‘chirish. Bu eng birinchi va tez hal qilinishi kerak bo‘lgan narsa Lekin bu masalani kompleks 2025 yilgacha dasturini qabul qilish ustida hukumat ishlamoqda va hurmatli Prezidentimizga buni butun takliflarini ishlab chiqib kiritamiz”, deydi Behzod Musayev.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Behzod Musaev

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing