Behzod Musayev yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
23 Sentabr
17916Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimidan ozod etilgan Behzod Anvarovich Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda bugun, 23 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Davlat rahbari mamlakat oldida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligini ta’kidladi. Agentlik hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazilishi aytildi.
Shuningdek, agentlikka fuqarolarning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi. Hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan aholi taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar bo‘lishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, Behzod Musayev 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini tamomlagan. 2018 yil may oyida Davlat soliq qo‘mitasi rahbari, 2020 yil 14 mayda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari, 2021 yil 11 noyabrda Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan. 2022 yil 30 dekabrdan boshlab Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri sifatida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Botir Zohidov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri etib tayinlangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi