Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri ishdan olindi
Jamiyat
−
23 Sentabr
12717O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Botir Erkinovich Zohidov vazir etib tayinlandi. Bu haqda bugun, 23 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Mirziyoyev tomonidan Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib bo‘lmasligi qayd etildi.
Ma’lumot uchun, Behzod Musayev 2022 yil dekabridan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. Uning o‘rniga tayinlangan Botir Zohidov esa 20 yil davomida bank tizimida ishlagan. U 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003 yil Toshkent moliya institutini, 2008 yil Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Markaziy bankda valyuta ayirboshlash va konversion operatsiyalar maxsus boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2017 yil avgustida Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 2020 yilda MB raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlagan. Shuningdek, poytaxtning Shayxontohur tumani hokimi bo‘lgan.
LiveBarchasi