Talaba lotereyada koinotga chipta yutib oldi
Bu qiziq
−
08 avgust 2023
638118 yoshli Aberdin universiteti talabasi Anastasiya va uning onasi Virgin Galactic ikkinchi tijoriy parvozining sovrinli lotereya o‘yinida qatnashib koinotga sayohat qilish chiptasini yutib oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Gap shundaki, Keysha Shaxaf ismli ayol qizi bilan uning vizasini rasmiylashtirish uchun Buyuk Britaniyaga ketayotgan vaqtida Virgin Atlantic aviakompaniyasining lotereya o‘yini e’lonini ko‘rib qoladi va unda ishtirok etadi.
“Men bu lotereyani to‘ldirdim, keyin birdan oylar o‘tgach, biz eng yaxshi 20 finalchidan biri sifatida tanlanganimiz. Keyin esa eng yaxshi beshlik finalchisi ekanligimiz haqida xabar oldim”, dedi ona.
So‘ngra ona-bola kosmosga uchish uchun o‘ynalayotgan sovrinning g‘olibi, deb topilgan.
“To‘satdan hovlimga kim kirdi, bilasizmi? Richard Brenson! Butun jamoa uyimga “sen g‘olibsan, sen koinotga ketasan” deb kirib kelishdi”, dedi ayol.
Anastasiyaning aytishicha, aynan uning Karib dengizidan Shotlandiyaga o‘qishga borish qarori kosmosga uchish imkoniyatiga sabab bo‘lgan.
“Agar men tasodifan Aberdin universitetini tanlamaganimda va viza olish uchun katta aylanma yo‘lni bosib o‘tmaganimda edi — biz kosmosga bormagan bo‘lardik”, deydi u.
Ushbu parvoz aviakompaniyaning Galactic missiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Raketa samolyotida sayohat qilishning e’lon qilingan narxi 450 ming AQSH dollaridan yuqori.
Parvoz 10 avgust kuni Nyu-Meksikodan amalga oshiriladi. Shundan so‘ng, Anastasiya Mayers va uning onasi kosmosga uchadigan birinchi ona va qiz bo‘ladi.
“Men odamlar bilishini istaymanki, qayerdan kelganingiz, kimligingizdan qat’iy nazar, boshqalar nima desa ham, orzuyingizni amalga oshirishingiz mumkin”, dedi talaba.
Eslatib o‘tamiz, Braziliyaning Palmas shahrida mahalliy banklardan biri avtobus haydovchisi bo‘lib ishlaydigan 58 yoshli erkakning hisobiga adashib 26,7 million dollar o‘tkazib yuborgan.
LiveBarchasi