Talaba qizni Istanbulga fohishalikka yuborayotgan guruh ushlandi (video)
3-sahifa
−
16 mart 8071 1 daqiqa
Buxoroda talaba qizni Turkiyaning Istanbul shahriga shahvoniy ekspluatatsiya uchun yubormoqchi bo‘lgan jinoiy guruh Samarqand xalqaro aeroportida ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 2 mart kuni tongi soat 04:00 larda Samarqand xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Turkiya davlati fuqarosi hamda uning o‘zbekistonlik 3 nafar jinoiy sheriklardan iborat guruh talaba qizni shahvoniy ekspluatatsiya qilish uchun Istanbulga jo‘natmoqchi bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qiz Buxoro viloyatidagi oliygohlardan birining birinchi bosqichida tahsil olayotgan bo‘lgan.
Qonunbuzarlar Samarqand xalqaro aeroportida ro‘yxatdan o‘tkazayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlangan. Ulardan xorijga chiqish pasportlari va aviachiptalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “d” va “k” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 3 nafar ayolni Birlashgan Arab Amirliklariga fohishalik uchun yuborayotganlar ushlangani haqida xabar berilgandi.