Talaba qasddan odam o‘ldirishga urindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 7 aprel kuni soat 01:30 larda Yangiyo‘l tumani “Axil” mahallasida yashovchi, Toshkent davlat agrar universitetining 3 bosqich talabasi A.A. shu mahalladagi “Senyor Pomidor pasta & BBQ” kafesi oldida fuqaro B.X. bilan rashk sababli janjallashib, yonidagi pichoq bilan B.X.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yurak sohasiga 2 marotaba, bo‘yin qismi va chap son sohalariga bir marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan. Bu haqda Bosh Prokuratura rasmiy kanalida xabar qilindi.

Ma’lum qilinishicha shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida B.X.ning hayoti saqlab qolingan.

Shu kunning o‘zida Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 moddasi orqali 97 moddasi 1 qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. A.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing