Taksilarning davlat raqam belgilari tekshiruvdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarni inventarizatsiyadan o‘tkazadi.

Bunda tashuvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtalanganligi tekshiriladi. Agarda shartnoma tuzilmagan bo‘lsa vazirlik uni rasmiylashtirishni ta’minlaydi.

Taksilarga mo‘ljallangan maxsus seriyali davlat raqam belgilarining amaldagi litsenziya kartalariga muvofiqligi ko‘zdan kechiriladi. Davlat raqam belgilari avtotransport vositalarida litsenziyasiz foydalanilayotgan bo‘lsa chora sifatida qaytarib olinadi.

Shuningdek, Transport va Ichki ishlar vazirliklari bir oy muddatda avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha taklif kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

taksi yo'lovchi tashish

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing