Taksidagi yo‘lovchi yonidan giyohvandlik moddasi topildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida “Cobalt” rusumli avtotransport vositasida yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan, 53 yoshli shaxsning yonidan 600 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs Toshkent shahrida istiqomat qiladi. U mazkur giyohvandlik vositasini Bekobod shahrida yashovchi, 40 yoshli tanishidan 5 ming AQSH dollari va 5 million so‘m evaziga sotib olgan. Shundan so‘ng tezkor tadbirlar davom ettirilgan. Natijada, bekobodlik narkosavdogarning yashash xonadonidan 1 kilogramm 47 gramm “opiy”, shuningdek, uning ikki nafar jinoyatga aloqador shaxsdan 335 gramm “opiy” moddasi topilib, musodara qilingan.

Tekshiruvlar jarayonida mazkur giyohvandlik vositalari Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (Kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 20 yanvaridan boshlab Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida mamlakatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, uyushgan jinoyatchilik va giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi qaratilgan keng ko‘lamli tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda ko‘cha bezoriligi bilan shug‘ullangan “Eshon” ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yo'lovchi opiy giyohvandlik moddasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing