Taksichilarning daromadi noldan hisoblanadi
Jamiyat
−
04 mart
7515Avvalroq, yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgan edi. 2024 yilda taksichilarning daromadi 100 mln so‘mdan oshmagan yoki oshgan taqdirda ham 2025 yilda hisob-kitob noldan boshlanib, ularning 100 mln so‘mgacha bo‘lgan daromadlari soliqqa tortilmaydi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning soliq davri yil davomida mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadlariga soliq solinmaydi. Bunda yil tugashi bilan yangi yil boshidan daromadlar qaytadan hisoblanadi.
Soliq davrida daromadlari 100 mln so‘mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartib asosida soliqqa tortiladi. Misol uchun, 2024 yilda daromadlari 100 mln so‘mdan oshmagan yoki oshgan taqdirda ham 2025 yilda hisob-kitob noldan boshlanib, ularning 100 mln so‘mgacha bo‘lgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Shuningdek, taksi faoliyati bilan band bo‘lganlarga sodda va qulay bo‘lishi uchun daromadi 100 million so‘mdan oshganda (lekin 1 milliard so‘mgacha) ular uchun soliqni soliq agentlari (taksi agregatori) to‘lov manbaida avtomatik hisoblash va byudjetga o‘tkazish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur taklif qabul qilinib qonunchilikka kiritilganida ushbu tartib asosida soliqqa tortish tizimi joriy etiladi.
Ma’lumot uchun, 2025 yil 1 fevral holatiga 736 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadi.
LiveBarchasi