Taxtdagi 70 yil. Yelizaveta II o‘zidan keyin kim qirolicha bo‘lishini aytdi
Olam
−
06 fevral 2022
20954Bugun, 6 fevral kuni Angliya qirolichasi Yelizaveta II taxtga o‘tirganiga 70 yil to‘ldi. U 1952 yilning 2 fevral kuni otasi Georg VI vafotidan keyin qirollik taxtini egallagandi.
Yelizaveta II Angliya tarixida o‘zining “Platinum yubiley”ini nishonlayotgan birinchi monarx hisoblanadi.
Bugun qirolichaning sharafiga Bukingem saroyida rasmiy tadbir tashkillashtirildi. Asosiy tadbir iyun oyi boshlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yubiley arafasida qirolicha monarxiya taqdiriga daxldor kutilmagan yangilikni e’lon qildi. U o‘zidan keyin qirolicha etib Kornuol gersoginyasi, Yelizavetaning o‘g‘li, bo‘lajak qirol Charlzning rafiqasi Kamillani tayinlamoqchi.
Shahzoda Charlz birinchi rafiqasi malika Diana bilan ajrashganidan so‘ng, 2005 yilda Kamillaga uylangan. Ammo shu paytga qadar Kamilla Qirolicha unvonini olmagan va u qirollik oilasida “Shahzodaning rafiqasi” (Princess Consort) unvoniga ega bo‘lgan, xolos. Bu shahzoda Charlzning sobiq rafiqasi malika Diananing xotirasiga hurmat sifatida qabul qilingan qaror deb izohlab kelinadi.
Qirolicha Yelizaveta unvonlar to‘g‘risida bunday muhim qarorni qabul qilishdan oldin taxtning bevosita merosxo‘rlari, shahzoda Charlz va Uilyam bilan maslahatlashadi. Shahzodalardan tashqari Britaniya jamoatchiligi ham Kamillani qirolicha sifatida qabul qilishi lozim.
O‘zining taxtdagi 70-yilini qarshilayotgan 95 yoshli qirolicha jamoatchilikka uni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun minnatdorlik bildirgan.
"Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Menga ko‘rsatayotgan sadoqatingiz va mehr-muhabbatingiz uchun abadiy minnatdorman", degan qirolicha.
U o‘z qarorini e’lon qila turib, “Vaqti kelib o‘g‘lim Charlz qirol bo‘lganida, ishonchim komilki, siz u va uning rafiqasi Kamilladan menga ko‘rsatgan sadoqat va ko‘magingizni ayamaysiz. Men chin dildan, o‘sha vaqt kelganda, Kamilla sadoqatli xizmatlari uchun qirolicha sifatida e’lon qilinishini hohlayman”, degan.
Qirollik oilasidagi sir
Shahzoda Charlzning birinchi rafiqasi malika Diananing 1997 yilda Parijda avtohalokat tufayli sodir bo‘lgan o‘limi sirli deya ta’riflab kelinadi.
Shahzoda Charlz va Diana 1981 yilda turmush qurishadi. Ularning turmushidan shahzoda Uilyam hamda shahzoda Garri dunyoga keladi. 1992 yilda juftlik kelishmovchiliklar sabab birga yashamayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaydi. 1996 yilda esa ular rasman ajrashadi.
1995 yilda televideniyega bergan intervyusida malika Diana Charlz bilan munosabatlariga Kamilla rahna solayotgani haqida ma’lum qiladi.
“Bizning turmushimizda uch kishi bor, shu sababli u biroz tartibsiz”, deya bildirgan Diana.
Charlzning hozirgi rafiqasi Gersoginya Kamilla 1995 yilda birinchi turmushidan ajrashgan. Uning birinchi oilasidan ikki nafar farzandi ham bor.
Kamilla birinchi turmushidan avval ham shahzoda Charlz bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib kelgani aytiladi. Juftlik 2005 yilda rasman turmush qurgan.
Hozirga qadar OAV malika Diananing sirli o‘limida Charlz va Kamillani aylab keladi.
LiveBarchasi