Taxtaqoracha dovonida transport harakati tiklandi
Jamiyat
−
28 dekabr 2020
5103Avvalroq Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarini bog‘laydigan Taxtaqoracha dovoni avtomobillar qatnovi uchun vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edik. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfssizligi bosh boshqarmasi dovonda avtotransport vositalarining harakati tiklanganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Taxtaqoracha dovonida qor yog‘ib, yo‘lning qatnov qismida muzlamalar hosil bo‘lgani sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi.
Ayni vaqtda dovon yo‘lida avtotransport vositalari harakatiga ruxsat berilib, qatnov davom etmoqda.