“Taxtaqoracha” dovoni yana yopildi
Jamiyat
−
06 yanvar 2020
6596Qashqadaryo viloyatining Kitob va Samarqand viloyatining Urgut tumanlarini bog‘lovchi tog‘li hududlarda qalin qor yog‘ayotganligi, yo‘lda ko‘rish masofasi cheklanganligi, quyuq tuman tushishi hamda yo‘lning qatnov qismi muzlashi sabab bugun, 6 yanvar kuni M-39, “Almati-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonidan o‘tgan qismida transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatildi.
Avtomobil yo‘lini qor va muzlamalardan tozalash uchun maxsus texnikalar va xodimlar jalb etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli xildagi ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida barcha harakat ishtirokchilarini yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri baxolashlarini hamda ushbu yo‘nalishlarda vaqtinchalik harakatlanmasliklarini so‘ramoqda.
Dovon yo‘lining ochilganligi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.