“Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi 

Jamiyat

image

Bugun, 29 yanvar kuni soat 10:20 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining "Taxtaqoracha" dovonida kuchli qor yog‘ayotganligi sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

"Taxtaqoracha" dovonini qayta ochilishi bo‘yicha FVV axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ikki viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kitob "Taxtaqoracha" dovoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing