“Taxtaqoracha”da ayrim transportlarning harakatlanishi taqiqlandi
Jamiyat
−
26 mart
4117“Taxtaqoracha” dovonida yuk va yo‘lovchi tashuvchi ayrim transportlarning harakatlanishi vaqtincha taqiqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xalqaro ahamiyatga ega M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonida yo‘l torligi, xavfli burilish joylarining radiusi kichikligi, oldinda harakatlanib ketayotgan yuk transport vositalarining sekin harakatlanishi tufayli quvib o‘tishning imkoni bo‘lmagani sababli noqulayliklar tug‘dirmoqda.
Shuni inobatga olib, xalqaro ahamiyatga ega M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni hisoblangan 1135-1145 kilometrlari oralig‘ida harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, ushbu yo‘lda aniqlangan kamchiliklar hamda avtomobil yo‘lining III-toifadan II-toifaga o‘zgartirgunga qadar yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan M2, M3 hamda N3 toifadagi transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklangan.
Avtotransport vositalarining tegishli toifalari bo‘yicha izoh:
- M2 toifasi – yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari.
- M3 toifasi – yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari.
- N3 toifasi – yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 12 tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari.