Taxiatosh IESda yangi bug‘-gaz qurilmalari ishga tushiriladi
Jamiyat
−
23 yanvar 2020
4202Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida 2020 yil Taxiatosh IESda umumiy quvvati 560 mvt bo‘lgan ikkita yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21 yanvar kuni birinchi bug‘-gaz qurilmasining gaz turbinasi muvaffaqiyatli ishga tushirilgan. Loyihaning umumiy quvvati 560 MVt bo‘lib, iyul oyida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Vazirlikning ta’kidlashicha, ushbu loyihani amalga oshirish hisobiga yillik 488,6 million kub metr yoqilg‘i tejalishiga erishiladi.
“Mazkur IESning samaradorligi o‘rtacha hisobda 31,21 foizdan 49,7 foizga oshadi, ishlab chiqariladigan elektr energiyasining yillik hajmi 3,6 milliard kVt/s.ni tashkil qiladi. Ishlab chiqariladigan issiqlik energiyasining yillik hajmi 139 000 Gkalni tashkil etadi. Stansiyada 97 ta yangi ish o‘rni yaratiladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar