Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Olam
−
19 mart 2072 1 daqiqa
Tailandning Bangkok shahrida avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa joriy yilning 8 mart kuni sodir bo‘lgan. YTH oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik shaxs og‘ir tan jarohat olishi oqibatida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtohalokatda turli tan jarohati olgan yana 3 nafar o‘zbekistonlik fuqaroga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan.
Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, vaziyat alohida nazoratga olingan. O‘zbekistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari tomonidan fuqarolarga kerakli tartibda barcha zarur yordam ko‘rsatilgan. Marhumning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilib, hozirgi vaqtda jasadni mamlakatga olib kelish choralari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Panjob shtati Zirakpur shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida T.M. ismli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi