Tailanddagi qirg‘in. 25 kishining qotili otib tashlandi

Olam

image

Avvalroq, 8 fevral kuni Tailandning Nakxon Ratchasima shahri ko‘chalarida mamlakat qurolli kuchlari serjanti tomonidan otishma uyushtirilgani, oqibatda 17 kishi halok bo‘lgani, u esa savdo markaziga yashirinib olib, odamlarni garovda ushlab turgani haqida xabar bergan edik. 

“Txai Rat TV” bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, serjant Jakrafant Tomma maxsus operatsiya vaqtida yo‘q qilingan. 

“Jinoyatchi maxsus qo‘shin jangchilari tomonidan yo‘q qilindi. Bizga bu haqida politsiyaning maxsus kuchlar qo‘mondonligidan xabar berishdi”, deydi mahalliy telekanal muxbiri.

Politsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i general Chaxipip Chaychinda jinoyatchi yo‘q qilinganini tasdiqladi va operatsiya tugaganini e’lon qildi. Batafsil tafsilotlarni keltirmadi.

“Yaqinda bu yerga bosh vazir keladi. U va operatsiyada ishtirok etganlar voqea tafsilotlarini batafsil so‘zlab berishadi”, deb aytgan u.

Kecha, 8 fevral kuni bo‘lgan hodisada 25 kishi halok bo‘ldi, ular ichida politsiya zobiti ham bor. Shuningdek, 63 kishi, jumladan, ikki nafar maxsus qo‘shin askari jarohatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand

Baholaganlar

218

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing