Tailanddagi bog‘chada sobiq politsiyachi 30 dan ortiq odamni otib tashladi
Olam
−
06 Oktabr 2022
13394Tailandning Nongbualampxu provinsiyasida sobiq politsiyachi bolalar bog‘chasida otishma uyushtirdi. Oqibatda 34 kishi halok bo‘ldi, ulardan 22 nafari bolalar. Bu haqda “Reuters” agentligi mahalliy politsiyaga tayanib, xabar bermoqda.
Hujum qilgan shaxs yaqinda ishdan bo‘shatilgan politsiyachi bo‘lib chiqqan. U o‘qotar qurol va pichoqlar bilan qurollangan bo‘lgan. Hujum bolalar uxlab yotgan soatlarda sodir bo‘lgan.
Jinoyatchi voqea joyidan qochib ketgan. Biroz vaqt o‘tgach, u o‘lik holda topilgan. Mahalliy matbuotning yozishicha, u o‘z joniga qasd qilgan.
LiveBarchasi