Tailandda yovvoyi fillar 30 kishini o‘ldirdi

Olam

image

Tailandda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan fillar va insonlar to‘qnashuvlarining oldini olish maqsadida yovvoyi fillarga qarshi nazorat qilish vaksinalarini qo‘llashni boshladi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda Tailandda yovvoyi fillar 30 kishini o‘ldirgan va 29 kishini jarohatlagan. Shuningdek, fillarning ekinlarga zarar yetkazishi bilan bog‘liq 2 mingdan ortiq holat qayd etilgan.

Qayd etilishicha, yovvoyi fillarning tug‘ilish darajasi yiliga taxminan 8,2 foizni tashkil etgan. Bu o‘rtacha 3,5 foizdan ikki baravar ko‘p. Mamlakatdagi taxminan 4400 ta yovvoyi fildan 800 tasi ushbu mojarolarga moyil hududlarda yashaydi, deb hisoblangan.

Hukumat AQSHda ishlab chiqarilgan 25 vaksinaning dozasini olgan va 7 ta xonakilashtirilgan fil ustida 2 yillik sinov o‘tkazgan. Vaksinalar yaxshi natijalar bergan.

Ushbu tashabbus halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlarning bir qismi hisoblanadi. Fermerlar ko‘proq qishloq xo‘jaligi yerlarini yaratish uchun o‘rmonlarni kesayotgan bir paytda, fillar oziq-ovqat izlab, torlik qilayotgan yashash joylaridan chiqib ketishga majbur bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shri-Lankada ta’til paytida rossiyalik sayyohlarning transport vositasiga fil hujum qilgani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tailand fil yovvoyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing