Tailandda o‘zbekistonlik ayol mehmonxona balkonidan tushib ketdi

Olam

image

Joriy yilning 7 dekabr kuni Tailanddagi Pattayya shahrida o‘zbekistonlik ayol mehmonxonaning 6-qavatidagi balkondan qulab tushdi va oqibatda og‘ir jarohat oldi. Bu haqda “The Pattaya News” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan 12:30 da qutqaruv markaziga Janubiy Pattayyadagi mehmonxonada chet ellik ayol balkondan qulagani haqida xabar berilgan. Qo‘ng‘iroq bo‘lgach, voqea joyiga qutqaruvchilar va tez yordam mashinasi yetib kelgan. 25 yoshli o‘zbekistonlik ayol hushsiz holda topilgan, uning boshi jarohatlangan va o‘ng oyog‘i singan. Qutqaruvchilar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgandan so‘ng, ayol zudlik bilan mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.

“Men o‘z vazifamni bajarayotganda, baland ovozni eshitib cho‘chib ketdim. Ko‘cha tomonga qarasam bir ayol hushsiz yotibdi. Men darhol rasmiylarga xabar berdim”, degan mehmonxona qo‘riqchisi.

Pattayya politsiyasi ayol 6-qavatda ikki do‘sti bilan mehmonxonada turganini aniqlagan. Ofitserlar ularni so‘roq qilmoqchi bo‘lgan, biroq ikkalasi ham mast holatda bo‘lgan. Politsiya voqea sababini aniqlashga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni taxminan soat 19:20 larda 2008 yilda tug‘ilgan yigit Shayxontohur tumanida joylashgan sobiq “Chorsu” mehmonxonasidan o‘zini tashlab vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand Pattayya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing