Tailandda erkak 5 kishini otib tashladi (video)

Olam

image

Bugun, 28 iyul kuni Tailand poytaxti Bangkokda joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori yaqinida qurolli shaxs otishma sodir etib, besh kishini o‘ldirdi va o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “The Nation” xabar berdi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar qo‘riqchi, bir nafar ayol va o‘sha shaxsning o‘zi bor. Yana ikki ayol yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumni 61 yoshli erkak amalga oshirgan. U ilgari aynan shu bozorda qo‘riqchi bo‘lib ishlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning sobiq hamkasblari bilan shaxsiy nizosi bo‘lgan. Politsiya hodisaning shaxsiy motivlar bilan bog‘liq bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Otishma bozordagi xayriya punkti yaqinida sodir bo‘lgan. Ushbu punkt Tailand-Kambodja chegarasidagi ziddiyatdan jabr ko‘rganlarga yordam to‘plash uchun tashkil etilgan. Politsiya hodisa sodir bo‘lgan hududni darhol o‘rab olib, tergov harakatlarini boshlagan. Voqea vaqtida bozor gavjum bo‘lgan, ammo turistlar orasida jabrlanganlar yo‘q.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, gumondor 2019 yilda boshqa bir qo‘riqchi bilan janjallashgan hamda bozorda ishlovchi bir ayol bilan munosabatda bo‘lgan. Politsiya aynan shu shaxsiy ziddiyatlar fojiani keltirib chiqargan deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashingtondagi yahudiy muzeyi oldida Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirilgandi. Keyinroq ushbu ishni qilgan shaxsga o‘lim jazosi tayinlanishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, ish “nafrat jinoyati va terrorizm” sifatida tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

otishma Tailand Bangkok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing