Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi

Olam

image

Kecha, 21 may kuni kechqurun Vashingtondagi yahudiy muzeyi oldida Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi. Politsiya gumondorning qo‘lga olinganini aytdi. Bu Chikagolik 30 yoshli Elias Rodriges bo‘lib chiqdi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

U muzey oldida qadam tashlab, keyin ichkariga kirib, to‘rt kishidan iborat guruhga yaqinlashdi va ulardan ikkitasini otib tashladi.

Otishma sodir etgan shaxs xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. U hibsga olinganida: "Falastinga ozodlik!" deb hayqirgan.

Isroil elchixonasi matbuot kotibining aytishicha, ikki xodimga yahudiy muzeyida bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘q uzgan. Marhumlar erkak va ayol, yosh er-xotin bo‘lgan.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Truth Social internet-platformasi orqali qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirdi va voqeani antisemitizm bilan izohladi.

AQSH rasmiylari voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Isroil elchixonasining ikki xodimi halok bo‘lganini tasdiqladi.

“Biz voqeani faol ravishda tergov qilmoqdamiz va qo‘shimcha ma’lumot olishga harakat qilmoqdamiz”, deb yozdi u X ijtimoiy platformasida.

Isroilning BMTdagi doimiy vakili Denni Danon voqeani “antisemit terrorizmning jirkanch harakati” deb atadi. Danon AQSH rasmiylari aybdorlarni qattiq jazolashiga ishonch bildirdi va Isroil butun dunyo bo‘ylab o‘z fuqarolari va vakillarini qat’iy himoya qilishda davom etishiga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Vashington

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing