Tailandda egizak fillar tug‘ildi
Bu qiziq
−
12 iyun
6325Tailandning Ayutthaya shahrida egizak fil bolalari dunyoga keldi. Fil populyatsiyasi uchun kamdan kam holatlar ushbu hayvon turini xayriya asosida himoya qiladigan va ularga g‘amxo‘rlik qiladigan Elephantstay qo‘riqxonasida sodir bo‘ldi. Bu haqda Avstraliya radioeshittirish korporatsiyasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 36 yoshli fil Jamjuri 2 ta erkak filni dunyoga keltirgan. Birinchisi tug‘ilgandan 18 daqiqa o‘tgach, ikkinchi filning paydo bo‘lishi qo‘riqchilarni hayratda qoldirgan. Filning o‘zi vahima ichida qo‘riqchilardan birining to‘pig‘ini sindirib qo‘ygan.
Yangi tug‘ilgan fil bolalarining vazni mos ravishda 80 va 60 kilogramm bo‘lib, hozir kuzatuv ostida. Ta’kidlanishicha, Osiyo filining egizak tug‘ishi “tabiat mo‘’jizasi” hisoblanadi. Elephantstay qo‘riqxonasi direktori Mishel Ridi fillar juda kamdan kam hollarda egizak fillar tug‘ishini ta’kidladi.
Save the Elephants tashkilotiga ko‘ra, fil egizaklarining tabiatda tug‘ilish ehtimoli bor-yo‘g‘i bir foizni tashkil qiladi. Fillar populyatsiyasida qarama-qarshi jinsli egizaklarning tug‘ilishi ham kam uchraydi.
LiveBarchasi