Tailand aholisi ochlik tufayli “oltin zaxiralarini” sotmoqda

Olam

image

Tailand aholisi o‘zlarining shaxsiy "oltin zaxiralarini" sota boshladi. Bu haqda "The Thaiger"ga asoslanib xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi sababli sayyohlar oqimining kamayishi Tailand aholisining ish o‘rinlarini yo‘qotishiga, ba’zilarining ish haqini qisqarishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, ma’lum hududlarda ochlik yuzaga kelgan. Yuqorida keltirilgan sabablar aholini shaxsiy "oltin zaxiralarini" sotishga majbur qilmoqda.

Fuqarolar shu yo‘l bilan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga pul to‘plamoqda.

Natijada, mamlakatda oltin eksporti keskin o‘sgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvaridan oktyabrigacha bu ko‘rsatkich 237,4 tonnaga o‘sgan, bu o‘tgan yilgi 170 tonnaga nisbatan ancha ko‘pdir. 

Ushbu tendensiya COVID-19 ning navbatdagi to‘lqini va turizm sohasiga bosim tufayli davom etishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Tailandning eng mashhur kurorti bo‘lgan Pxuket orolida ommaviy ochlik joriy yilning sentyabr oyida boshlangan. Bunga eng katta sabab sayyohlarning yo‘qligi bo‘lgan.

Tailandda koronavirusga chalinganlar 6 ming 690 nafarni tashkil etmoqda. 4 ming 212 kishi sog‘aygan. 61 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand koronavirus

Baholaganlar

294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing