Tadbirkorning jinoyatini “tekislash” evaziga pora olgan “elektroset” rahbari ushlandi (video)
3-sahifa
−
06 avgust 4319 1 daqiqa
Samarqandda tuman Elektr ta’minoti rahbari tadbirkordan pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat Xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati tumanlaridan biridagi Elektr ta’minoti korxonasi rahbari mahalliy tadbirkorga tegishli umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanish oqibatida davlatga yetkazilgan 393 mln so‘mlik zarar holati yuzasidan jinoiy javobgarlikka torttirmaslik, aksincha, zarar miqdorini kamaytirib ko‘rsatgan holda ma’muriy tartibda sudga chiqarib berish evaziga 5 000 AQSH dollari talab qilgan.
Joriy yilning iyul oyi oxirlarida ushbu pul mablag‘i hisobidan 4 000 AQSH dollarni olgan mansabdor shaxs tadbirkordan qolgan 1 000 AQSH dollarni ham tezroq berishini so‘ragan. DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1 000 AQSH dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur rahbar muqaddam sudlangan bo‘lsa-da, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida fuqaroning pulini abonent hisob raqamiga o‘tkazishni aytib, o‘z ehtiyojlarida ishlatib yuborgan elektr ta’minoti xodimlari ushlangandi.
Live
Barchasi