Tadbirkorlik sub’ektlarining “propiskasi” soliq organlari ruxsati bilan o‘zgartiriladi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 dekabrdagi 763-son qaroriga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga muvofiq, endilikda bajarilmagan soliq majburiyati mavjud tadbirkorlik sub’ektlarining yuridik manzilini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tishi soliq organining elektron xulosasi asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Bunda, soliq organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining majburiyatlari bajarilishi quyidagi mezonlar asosida tekshiriladi:

•    bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari (73,5 mln. so‘m)dan ortiq soliq qarzi mavjudligi

•    amalga oshirilgan tovar aylanma hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilganligi

•    tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilganligi

•    soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda topshirilganligi.

Agar, tadbirkorlik sub’ekti ushbu mezonlar bo‘yicha soliq majburiyatini bajargan deb topilsa, qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Soliq majburiyati bajarilmaganligi sababli ko‘chishga ruxsat etilmagan sub’ektlar soliq majburiyatlarini to‘liq bajargandan so‘ng manzilini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlariga takroran murojaat qilish huquqi ega.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tartib 2021 yil 2 martdan boshlab kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq

Baholaganlar

38

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing