Endilikda yong‘in nazorati organlari tadbirkorlarni ogohlantirishsiz tekshirishi mumkin
Jamiyat
−
04 avgust 2023
6150Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik sub’ektini xabardor qilish talabi bekor qilindi. Bu haqda joriy yilning 2 avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident farmonida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar endilikda ham Biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda o‘tkaziladi. Mazkur talab buzilsa, o‘tkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi va belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan 2018 yil 27 iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5490-sonli farmonining 2-ilovasida belgilangan ro‘yxatga asosan, Biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish huquqi berilgan.
LiveBarchasi