Tadbirkorlarning naqd pul tushumlari ustidan nazorat kuchayadimi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, naqd pul tushumiga ega tadbirkorlar aholidan naqd pulni qabul qilishda Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-son Farmoni bilan tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatga qadar onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga ixtiyoriy, ushbu muddat tugagach majburiy ravishda o‘tadilar (istisno holatlar mavjud).

Qaror bilan, Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Tadbirkorlar Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olishi hamda texnik xizmat ko‘rsatish markazlarini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega.

Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim, ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov undirilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkorlik naqd pul kassa

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing