Tadbirkorlarga iqtisodiy amnistiya e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yil 31 dekabrgacha kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari uchun “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasi e’lon qilinadi. Bu haqda Prezident kecha, 27 avgust kuni qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.

Farmon quyidagilarni nazarda tutadi:

  • iqtisodiy amnistiya e’lon qilingunga qadar yuzaga kelgan soliq qarzi (bundan penya mustasno) 2026 yil 31 dekabrga qadar to‘liq to‘langanda, ushbu qarzdorlik bo‘yicha hisoblangan penya hisobdan chiqariladi va ular bilan bog‘liq ijro ishlari tugatiladi;
  • avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda tuzatish kiritilib, qo‘shimcha hisoblangan soliq summasi 2026 yil 31 dekabrga qadar to‘liq to‘langanda ushbu summaga nisbatan penya hisoblanmaydi;
  • tadbirkorlik sub’ektlari soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini bankka taqdim etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi;
  • iqtisodiy amnistiya doirasida yo‘l qo‘yilgan xatolarni mustaqil ravishda bartaraf etganlarning Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingidagi ballari tushirilmaydi;
  • 2026 yil 1 yanvarga qadar shakllangan quyidagi qarzdorliklar hisobdan chiqariladi:
  • soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun qo‘llangan ma’muriy jarimaning to‘lanmagan qismi;
  • qat’iy belgilangan miqdordagi aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi sub’ektlarga qo‘llangan moliyaviy jarimalarning to‘lanmagan qismi;
  • avval rasmiylashtirilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilishiga ruxsat beriladi hamda kechiktirib kiritilganligi sababli jarima qo‘llanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub’ektlarini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy joriy etilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing