Tadbirkorlar 1 sentyabrgacha ba’zi soliqlardan ozod qilindi – Prezident farmoni
Jamiyat
−
18 may 2020
10772O‘zbekistn Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan quyidagilar 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrgacha: mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi:
• kichik tadbirkorlik sub’ektlari;
• bozorlar va savdo majmualari;
• kinoteatrlar;
• umumiy ovqatlanish joylari;
• jamoat transportlari tashkilotlari;
• sport-sog‘lomlashtirish muassasalari;
• yo‘lovchilarni tashish, maishiy xizmat ko‘rsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan banketlar tashkil etish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar.
Joriy yilning 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti pandemiya davrida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning dastlabki paketini tasdiqlagandi.
LiveBarchasi