Tadbirkor prokuratura inspektoriga pora berayotganda qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi inspektoriga pora berayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim inspektori D.A.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Natijada “T.Q.S” sho‘’ba korxonasi rahbari T.M. o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan korxonaning 353,6 mln so‘mlik va o‘g‘li E.M.ga tegishli MCHJ faoliyatida yo‘l qo‘yilgan 560,6 mln so‘mlik juda ko‘p miqdordagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlanganligi holati bo‘yicha ularga chora ko‘rmaslik va yengillik berish evaziga D.A.ning xizmat xonasida, unga 2000 AQSH dollarini pora tariqasida bergan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan “T.Q.S” SHK rahbari T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Bosh prokuratura

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing