Tabriklayman, janob Prezident! – Erdo‘g‘an Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qildi

Jamiyat

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 63 yoshni qarshilagani munosabati bilan samimiy tabrikladi. Davlat rahbarlarining telefon orqali muloqot haqida O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, suhbatda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Davlat rahbarlari joriy yil fevral oyida Anqara shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni keng ko‘lamli amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.

Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida o‘tkaziladigan hukumatlararo muloqotlarga muhim e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston rahbari Turkiya yetakchisiga pandemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing