Tabiiy gaz ijtimoiy normasi miqdori oshiriladi
Jamiyat
−
31 Oktabr
17057O‘zbekistonda ertaga, 1 noyabrdan boshlab tabiiy gazning ijtimoiy norma miqdori 100 metr kubdan 500 metr kubgacha oshiriladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, noyabr oyining birinchi kunidan oylik bazaviy me’yorlar isitish mavsumi uchun mo‘ljallangan shkalaga o‘tadi.
Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylarida bir oylik me’yorlar quyidagi tartibda bo‘ladi:
- 500 m3 gacha – 650 so‘m (1 m3 gaz uchun);
- 501 m3 dan 2500 m3 gacha – 1500 so‘m;
- 2501 m3 dan 5000 m3 gacha – 1950 so‘m;
- 5001 m3 dan 10000 m3 gacha – 2275 so‘m;
- 10001 m3 va undan yuqori – 2600 so‘m.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 may kunidan elektr energiyasi va gaz uchun tariflar tabaqalashtirilgan tartibda o‘zgargan. Elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhlari uchun o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun mos ravishda 1000 so‘m va 900 so‘mdan qoldirildi. Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun 1 oydagi iste’moldan kelib chiqib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun narxlar 2026 yildan boshlab, uch yildan kam bo‘lmagan muddatga amal qilishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi