Tabiiy gaz importi bojxona bojidan ozod qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tabiiy gazni eksport va import qiluvchilarga soliq va boj imtiyozlari beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab:

•    tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi nol foiz miqdorida belgilanadi;

•    yuridik shaxslar tabiiy gazni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona bojidan ozod qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, farmon bilan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10 foizgacha, oltin va mis uchun 7 foizgacha, volfram uchun 2,7 foizgacha va uran uchun 8 foizgacha kamaytirish belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

boj tabiiy gaz

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made