Tabiblarning koronavirusga kuchi yetadimi?
Bu qiziq
−
31 mart 2020
10731Tabiblar koronavirusni davolay oladimi? Ushbu savol bilan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov murojaat qilindi.
“Koronavirus infeksiyasi maxsus davolashni talab qiladigan kasallik. Albatta, bunday paytlarda tabiblar ham ko‘payib ketishi tabiiy. Lekin ushbu infeksiyaga chalingan bemorlar shifoxona sharoitida, yuqumli kasalliklar, virusolog, pulmonolog, reanimatolog, pediatr kabi mutaxassislar tavsiyalariga asosan davolanishi kerak. Bu tabiblar davolaydigan kasallik emas”, deydi javoban Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 158 nafarga yetdi. Ularning 7 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi