“Tabibimning o‘zi ham bemor”. Antikorrupsiya mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
12 noyabr
17390Farg‘ona viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi 2024 yil 9 oylik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun kelgusida ishdan bo‘shatilmasligi evaziga, undan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu noqonuniy ishga AJning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ham aloqador ekani aniqlangan.
Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (Firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish) 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahar Mudofaa ishlari bo‘limining Safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘linmasi boshlig‘i, qurolli kuchlar xizmatchisi pora bilan qo‘lga tushgan edi.
LiveBarchasi