“Svet” yo‘qligidan norozi ayol “elektroset” xodimiga pichoq bilan tahdid qildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh fuqarolar elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar sababli janjal ko‘targani, ayol kishi korxona xodimiga pichoq bilan tahdid qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu hodisa Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgani aytilgan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

 Aniqlanishicha, ushbu hodisa Qashqadaryoda emas, Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan.

Kecha, 16 yanvar kuni Chirchiq shahar elektr ta’minoti korxonasining dispetcherlik punktida bir guruh aholi elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lganidan norozilik bildirgan. Norozilik vaqtida 35 yoshli ayol bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan elektr ta’minoti korxonasi montyoriga qarshilik ko‘rsatib, o‘zidagi oshxona pichog‘i bilan uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida aholi elektr energiya yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

norozilik “Svet”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing