Suv resurslarini nazorat qilish uchun ikkita yangi agentlik tuziladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Suvni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv inshootlarini ekspluatatsiya qilish agentligini (bundan buyon matnda ob’ektlardan foydalanish bo‘yicha agentlik) tashkil etish ko‘zda tutilgan. 

Agentlik suv resurslaridan foydalanishda limitlar belgilaydi. Shuningdek, suv resurslaridan foydalanish va limitlarga amal qilinishini nazorat qiladi.

Bundan tashqari, suv inshootlarining texnik holatini monitoring qilib boradi.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv tarmog‘ida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Agentlikni (keyingi o‘rinlarda Loyihalarni amalga oshirish agentligi) tashkil etish belgilangan.

Suv xo‘jaligi tizimini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, loyihalash va qurilish ishlari buyurtmalarini joylashtirishda kim oshdi savdolarini tashkil etish monitoringini yuritish Agentlikning asosiy vazifalari sifatida belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

suv agentlik

Baholaganlar

10

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing