Suv xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Voxidjon Muxamadjonovich Ahmadjonov O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Voxidjon Ahmadjonov vazirlik huzuridagi Axborot-tahlil va resurs markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 oktyabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan vazir o‘rinbosarining zimmasiga suv xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish, ilmiy ishlanmalar natijalarini, suv xo‘jaligini boshqarish va suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanishning ilg‘or usullarini amaliyotga faol joriy etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda suv xo‘jaligining sug‘orish tizimlarini modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar yuklatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Voxidjon Ahmadjonov

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing