Suv xo‘jaligi vaziri Afg‘onistonga bordi
Jamiyat
−
27 iyul
19423O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev Afg‘onistonga bordi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.
Keltirilishicha, vazir Hamroyev Hayraton shahrida “Tolibon” muvaqqat hukumatidagi qishloq xo‘jaligi vaziri vazifasini bajaruvchi Ataulloh Umariy bilan uchrashgan. Ular Amudaryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilgan. Uchrashuvda suv toshqinlari paytida ekinlar va qirg‘oqdagi turar-joylar vayron bo‘lishi, shu sababdan tuproq eroziyasiga qarshi kurashish muhimligi ta’kidlangan.
Suv resurslari bo‘yicha ekspert Najibulla Sadid o‘zining ob’ektiv manbalariga tayanib yozishicha, O‘zbekiston o‘z qirg‘oqlarini muvaffaqiyatli mustahkamlagan bir paytda, “Tolibon” rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar behuda ketmoqda. Sadidga ko‘ra, Afg‘onistonning shimoliy qismidagi Juzjon viloyati Kamyob tumanida o‘rnatilgan himoya dambasi birinchi suv toshqinidan omon qolmagan. Oqibatda Balx viloyatida suv qirg‘oqlarni yemirib, aholini 50 gektar qishloq xo‘jaligi yerlaridan mahrum qilgan.
Ekspertning ta’kidlashicha, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonning Qobul bilan kelishilmagan shimoliy qirg‘oqni mustahkamlash bo‘yicha tashlayotgan qadamlari Afg‘oniston janubida suv bosimini oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekistonda “Tolibon” delegatsiyasi bilan uchrashgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi