Suv xo‘jaligi sohasida yangi agentlik tashkil etildi
Jamiyat
−
31 yanvar 2020
5446Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining asosiy vazifalari belgilandi
“O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi. Hujjat bilan suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining asosiy vazifalari belgilandi.
Jumladan, Agentlik suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni aniqlaydi, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Qaror bilan Agentlik to‘g‘risidagi nizom hamda Agentlik tarkibiga kiruvchi “Suvqurilishinvest” DUKlar ro‘yxati tasdiqlandi, ularning vazifalari belgilandi.
Nizomga ko‘ra, Agentlik har bir investitsiya va grant loyihasi bo‘yicha Vazirlik nomidan faoliyat yurituvchi tashkilot hisoblanadi. Agentlik o‘z faoliyatida Vazirlikka bo‘ysunadi va hisobot beradi.
Ma’lumotda keltirilishicha, agentlik huzurida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining suv xo‘jaligi bo‘yicha investitsiya loyihalari negizida alohida yuridik shaxslar sifatida jahon banki loyihalarini, Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini hamda arab muvofiqlashtirish guruhi loyihalarini amalga oshirish guruhi tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Prezidentning 2019 yil 9 oktyabrdagi PQ–4486-son qaroriga asosan tashkil etilgan.
LiveBarchasi