Surxondaryodagi savdo majmuasi portladi. 9 kishi jarohatlangan

3-sahifa

image

Bugun, 7 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi savdo majmuasida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 10 ga yaqin odam jarohatlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Portlash soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida sodir bo‘lgan. Portlash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 04:02 da voqea joyiga yetib borib, chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘inni soat 04:25 da  o‘chirgan.

Portlash oqibatida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan bo‘lib, ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan. 

Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.

Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

920

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing