Surxondaryoning sobiq hokimi Moskvaga olib ketildi. Uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi Bahodir Po‘latov Moskvadagi shifoxonada davolanmoqda. QALAMPIR.UZ manbasining yetkazgan ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq hokimning ahvoli og‘ir. 

Bahodir Po‘latov2018 yilning 13 iyulidan joriy yilning 1 apreliga qadar Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uning lavozimidan ozod etilishiga to‘xtalar ekan, “Surxondaryo viloyati hokimini nega ishdan olib tashladim? Viloyatda tartib yo‘q, intizom yo‘q, sharmandalik.

Qonun hamma uchun bir, hokimga ham, militsiyaga ham, xizmat boshlig‘i uchun ham. Qonun bor, jazo muqarrar”, degan edi. 

Po‘latov faoliyatini Toshkent shahar Yakkasaroy tumani prokuraturasida prokuror yordamchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik Shayxontohur tuman prokurori lavozimida ishlagan. 

U Qashqadaryo viloyati prokurori, Toshkent viloyati prokurori lavozimlarida ham ishladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Po'latov

Baholaganlar

766

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing