Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov ishdan olingani rad etildi

Jamiyat

image

Bugun, 2 aprel kuni bir qator internet saytlarida Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latovning o‘z lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, joriy yilning 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etilgan va uning o‘rniga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Ushbu holat yuzasidan QALAMPIR.UZ muxbiri Surxondaryo viloyati hokimiyati bilan bog‘landi. O‘zini tanishtirishni istamagan hokimiyat vakilining QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qilishicha, yuqoridagi holat yuzasidan hech qanday rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimiyati Bahodir Po‘latovning rasmiy tadbirlar va yig‘ilishlarda qatnashmayotgani haqidagi xabarni izohsiz qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Po‘latov Surxondaryo viloyati hokimi bo‘lgunga qadar Toshkent viloyati prokurori sifatida ishlagan. U hozirgi lavozimiga 2018 yilda tayinlangan edi. Viloyatning oldingi hokimi Erkinjon Turdimov hozirda Samarqand viloyati hokimi bo‘lib ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo viloyati Bahodir Po'latov

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing